«O‘zgidromet» 31-avgust va 1-3-sentabr kunlari yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini berdi.
Ammo bugun, bayram kunlari arafasida, butun respublika bo‘yicha ertalab yomg‘ir to‘xtadi va osmon asta-sekin bulutlardan tozalanmoqda.
Bugun va 1-3-sentabr bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 25-30° bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin, harorat 14-17° atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda: 31 avgust, 1-2-sentabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, 3 sentyabrda bulutlilik biroz kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 26-29°, kechasi 15-17° bo‘ladi.