Samarqandda Osiyo va Yevropa davlatlari vakillari oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qiladi
7−8-sentabr kunlari Samarqandda O‘zbekiston hukumati tomonidan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) texnik ko‘magida tashkil etilgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilarga ko‘ra, tadbirda 30 dan ortiq davlatdan vazir va diplomatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, moliya va ilmiy muassasalar — Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar ishtirok etadi.
Konferensiyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni taqdim etadi hamda bilim va innovatsion yechimlarni yo‘lga qo‘yish uchun jahon hamjamiyati tajribasiga murojaat qiladi.
“Biz hammamiz iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga va natijada aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashga qanday ta’sir qilishini his qilyapmiz. Suv resurslari kamayib, yuqori harorat yekinlar hosildorligi va chorvachilikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, — dedi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov. — Iqlim o‘zgarishi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha prognozlash va rejalashtirishning aniqligini pasaytiradi. Shu bilan bir paytda, rejalashtirish bozorda ma’lum mahsulotlar tanqisligining oldini olishning kalitidir”.
Kun tartibidan yuqori sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish uchun mamlakatlar o‘rtasida “yashil” va ekspress yo‘laklarni ochish o‘rin olgan, — deya qo‘shimcha qildi u.