Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston hukumati delegatsiyasini qabul qildi
Shu munosabat bilan, bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qildi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘z navbatida, Qirg‘iziston rahbari mamlakatimiz yetakchisini va butun xalqimizni Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport, suv va qishloq xo‘jaligi hamda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.