2023-yil yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Mamlakatlar kesimida eng ko‘p sayyoh quyidagi davlatlardan kelgan:
- Tojikiston — 958,5 ming nafar;
- Qirg‘iziston — 786,4 ming nafar;
- Qozog‘iston — 764,4 ming nafar;
- Rossiya — 345 ming nafar;
- Turkiya — 48,3 ming nafar;
- Turkmaniston — 29,5 ming nafar;
- Hindiston — 16,7 ming nafar;
- Janubiy Koreya — 15,9 ming nafar;
- Xitoy — 13,3 ming nafar;
- Germaniya — 11,7 ming nafar.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning dastlabki 6 oyida mamlakatga salkam 1,9 million nafar sayyoh tashrif buyurgandi.