AsosiyDunyo

Turkish Airlines yo‘lovchisi samolyot bortida o‘z joniga qasd qildi

Istanbuldan Marokashga uchayotgan Turkish Airlines samolyoti bortidagi yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Haber7 xabar berdi.

Hodisa sababli samolyot Jazoirga favqulodda qo‘ngan. Xorijlik yo‘lovchi hojatxonaga kirib, ustidan qulflab, uzoq vaqt chiqmagach bu bort kuzatuvchilarini shubhaga solgan. Samolyot xodimlari eshikni buzishga majbur bo‘lgan.

Styuardessalar va samolyotda bo‘lgan shifokor hojatxonadan hushsiz holatda olib chiqilgan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Jazoirga majburiy qo‘nishdan so‘ng aeroportga kelgan shifokorlar yo‘lovchining o‘lganini ma’lum qilgan.

Bortdagi hodisa o‘z joniga qasd qilish (suitsid) sifatida baholangan.

TuraNews

Back to top button