Salomatlik

Tuya suti insulin in’yeksiyasining o‘rnini bosadi

Tuya suti 100 kasallikka shifo, deyiladi. Olimlar bu ichimlik tarkibida insulinga o‘xshash oqsilni aniqlaganlar. Bu oqsil oshqozonga tushib, hazm jarayonida parchalanib ketmasdan qonga so‘riladi va insulin in’yeksiyasining o‘rnini bosadi.

Diabet bilan og‘rigan bemorlarga bu juda foydali. Chunki bunda organizmning insulinga bo‘lgan ehtiyoji sanchish amallari va dori vositalarisiz qondiriladi.

Qoidaga ko‘ra, 1-toifa diabetga chalingan odamlar har kuni 500 ml tuya suti iste’mol qilish bilan qondagi glyukoza darajasini normallashtirib, qimmat va yoqimsiz insulin in’yeksiyalariga bo‘lgan kunlik ehtiyojni kamaytirishlari mumkin.

Tuya sutida S vitamini miqdori sigir sutiga qaraganda uch baravar yuqori. Tuya suti suyaklarni mustahkamlaydi, kalsiy yetishmovchiligi, suyak kasalliklari va osteoporozda foydali. Tuya suti bir qator jinsiy muammolarni hal qilishi bilan ham qimmatli.

Tuya sutining saraton va leykemiyani davolashdagi shifobaxsh xususiyatlari ilmiy asoslangan. Bag‘doddagi Saraton instituti tadqiqodlarida tuya suti tarkibida tanani saraton kasalligini qo‘zg‘atuvchi birikmalardan tozalaydigan faol modda aniqlangan. Tuyalar juda kuchli immunitetga ega, u nafaqat tashqi yuqumli kasallik tashuvchi va begona moddalardan, balki organizm uchun foydali unsurlarni organizmning o‘zidan ham himoya qilar ekan.

Isroillik olimlar tuya suti asosida ishlab chiqarishgan saratonga qarshi dorining laboratoriya sichqonlarida o‘tkazilgan tajribalari qon saratoni(leykemiya)ni davolashda samaradorlikni ko‘rsatgan.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button