O‘zgidromet xizmati agentligi ish haftasi davomida — 25−28-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Dushanba kuni va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘li hududlarida va respublika janubida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning barcha hududlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari +13…+15 darajagacha, ba’zi joylarda +16…+18 darajagacha, kunduz kunlari +30…+33 darajagacha, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda +35…+37 darajagacha ko‘tariladi. Bu aprel oyining oxirgi o‘n kunlik me’yoriy qiymatlaridan +4…+6 darajaga yuqoridir.
Poytaxtda dushanba kuni va ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +12…+14 daraja, kunduzi +28…30 daraja bo‘ladi.