AsosiyDunyoSalomatlik

YUNISEF: Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan

Tadqiqotlarga ko’ra, vaktsinalar yiliga o’rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo bo’yicha aholining vaktsinalarga bo’lgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YUNICEF tomonidan e’lon qilingan so’nggi hisobot ushbu muammo tahliliga bag’ishlandi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy so’rovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan.

Hindiston, V`etnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan.

Evropa davlatlari o’rtasida Portugaliya, SHvetsiya va Irlandiya aholisining vaktsinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan.

Shunga qaramay, bolajonlarimiz sog’ligi uchun vaktsinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori bo’lib chiqdi.

Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar o’g’il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsina olmagan. 19 million bola esa to’liq bosqichda emlanmagan.

Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish ko’rsatkichlari ikki baravar ko’payishiga sabab bo’ldi.

Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaktsinalar taqchilligi muammosi bilan ham bog’liq, degan xulosada.

TuraNews

Back to top button