Dunyo

Istambulda ulkan qora bulut tufayli kuppa-kunduz kuni “qorong’u tushdi”

Turkiyaning TRT Haber telekanalining xabar berishicha,, kuchli yomg’irdan keyin Istanbul osmonida ulkan qora bulut paydo bo’lgan. Uning o’lchamlari 10 kilometrga yetdi.

Bulut tufayli deyarli butun shaharda kuppa-kunduz kuni “qorong’u tushdi”. Mutaxassislarning fikricha, uning yuzaga kelishiga kuchli yomg’irdan keyin paydo bo’lgan chang bo’roni sabab bo’lgan.

Ushbu tabiat hodisasi shahar aholisi uchun jiddiy muammodir. Bu havo sifatining pasayishiga, nafas olish yo’llari kasalliklari ehtimolining oshishiga va sog’liq uchun boshqa noxush oqibatlarga olib keladi, deyiladi mail.ru saytida.

TuraNews

Back to top button