Prezident Mirziyoyev qardosh Turkiya Prezidenti va xalqini katta texnologik g‘alaba – mamlakatda zamonaviy elektromobillarni sanoat usulida ishlab chiqarish boshlangani bilan tabrikladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.
O‘zbekiston va Turkiya yetakchi kompaniyalarining yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi miqyosini yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Telefon muloqoti yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bo‘lajak referendumni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va uning muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.