2022-yil noyabr oyida Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro turizm yarmarkasida 30 ga yaqin xorijiy davlatlar bilan 15 millon dollar miqdoridagi shartnomalar imzolanib, 500 ga yaqin kelishuv va bitimlar tuzilgan.
Shunga muvofiq, Toshent viloyatida sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyati hamda Nurafshon shahri oʻrtasida muntazam turistik avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Yaʼni, yiliga 10 ming nafar sayyohlar almashinuvi amalga oshirilishini qayd etilmoqda.
Bugungi kunda, viloyatda 59 ta turagentliklar, 34 ta mehmonxonalar, 907 ta oilaviy mehmonxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Natijada turistlar oqimi 265 mingta va ichki turizm 1,5 million nafarga yetkazilib, xizmatlar eksporti 79 million dollarni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, turistlarning sayyohat kunlarini uzaytirish maqsadida “Oltin xalqa” konsepsiyasi doirasida besh kunlik tur marshurt ishlab chiqildi.
Bunda turizm salohiyati yuqori boʻlgan Boʻstonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi va u keyinchalik viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi.