FIFA milliy jamoalarning mart oyi yakuni boʻyicha yangi reytingini eʼlon qildi. Oʻzbekiston termasi 3 pogʻona yuqorilab, 74-oʻringa koʻtarilgan.
Ayni paytda Argentina reytingning birinchi pagʻonasini egallab turibdi. Ikkinchi oʻrinda Fransiya, avvalgi yetakchi Braziliya uchinchi oʻringa tushgan.
Kuchli oʻnlikdan Belgiya (4), Angliya (5), Niderlandiya (6), Xorvatiya (7), Italiya (8), Portugaliya (9) va Ispaniya (10) joy olgan.
Osiyo jamoalari orasida Yaponiya peshqadam. Jamoa reytingda 20-oʻrinni egallagan. Qitʼa kuchli oʻnligiga Eron (24), Janubiy Koreya (27), Avstraliya (29), Saudiya Arabistoni (54), Qatar (61), Iroq (67), BAA (72), Ummon (73) va Oʻzbekiston (74) kirgan.
Taʼkidlash lozimki, terma jamoamiz mart oyida Boliviya (1:0) va Venesuela (1:1) milliy jamoasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinlaridan keyin 74-oʻringa koʻtarilib, oxirgi 5 yildagi eng yaxshi natijasiga erishdi.