AsosiyIqtisodiyot
Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgan?
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 925 taga kamaygan.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 134,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5 026 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 925 taga kamaygan.
2 oyda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 2540 ta
Koreya – 2081 ta
AQSH – 217 ta
Yaponiya – 58 ta
Gonkong – 56 ta
Germaniya – 36 ta
BAA – 12 ta