Dunyo

Turkiya 2036-yilgi Olimpiya oʻyinlari mezbonligi uchun jiddiy kirishdi

Turkiyaning Istanbul shahri 2036-yil boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini qabul qilish uchun kurashga qoʻshildi.

Turkiyaning Istanbul shahri 2036 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qabul qilish uchun kurashga qo‘shildi.

Bu haqida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

2036 yilgi Olimpiada mezbonligiga 10 mamlakat da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika, Vengriya, Misr, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlarni ham uchratish mumkin.

Istanbul 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilish uchun Tokio bilan jiddiy kurashgan. Raqobat so‘ngida esa kunchiqar yurt poytaxti mezbonlikni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yil Parij (Fransiya), 2028 yil Los-Anjeles (AQSH), 2032 yil esa Brisben (Avstraliya) shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

TuraNews

Back to top button