Hayot

«Buxoro-Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida qatnash uchun yangi avtobuslar olib kelindi

"Buxoro-Toshkent-Buxoro" yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchi tashish imkoniyati yaratiladi.

Transport vazirligi axborot xizmati ma’lumot berishicha yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida «All Comfort» MCHJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan YUTONG rusumli 10 ta yangi avtobus olib kelindi.

Mazkur avtobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 701-sonli «Buxoro-Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirish rejalashtirilgan.

Natijada «Buxoro-Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchi tashish imkoniyati yaratiladi.

Kelgusida korxona faoliyati yanada kengaytirilib, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, yangi turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Source
Uza.uz

TuraNews

Back to top button