Asosiy
Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi IT-parkni borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Xorazm filialini borib ko‘rdi.
5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu markaz yiliga 4 ming 500 nafar yoshni axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish va IT xizmatlar ko‘rsatish quvvatiga ega. Bu yoshlarning zamonaviy mutaxassisliklarni egallab, o‘z yo‘lini topishida muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, ushbu majmuada ham 250 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlangan.