Asosiy
Rossiya shimoli-sharqidagi Kamchatka yarim oroli qirg‘oqlarida, Bering dengiz suvlarida 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar qilmoqda.
Yer silkinishi o‘chog‘i Alyaska janubida, Yaqin orollar guruhidan g‘arbda joylashgani aytilmoqda.
Zilzila 200 kilometrlik masofada sezilgan. Vayronagarchiliklar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot hozircha yo‘q.