Siyosat

Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

7-mart kuni Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Bugun Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining bo‘lajak birinchi uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilinadi.

Avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida temiryo‘l yuklar tashuvi 10-fevral, juma kunidan boshlab tiklangani haqida xabar berilgandi.

Source
Daryo.uz

TuraNews

Back to top button