Qozog`iston chegarasida vabo tufayli nazorat kuchaytirildi
Qozog`iston boshqa davlatlarda vabo tarqalishi munosabati bilan chegaralaridagi nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda mamlakat sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo`mitasi yuqumli kasalliklarni kuzatish epidemiologik boshqarmasi rahbari Roza Kojapovaning qayd etilishicha, dunyoning qator davlatlarida vabo kasalligi tarqalishi kuzatilmoqda.
«Bu asosan Afrika, Suriya davlatlari. Qozog`iston bo`yicha aytadigan bo`lsak, mahalliy holatda vabo oxirgi 10 yilda qayd etilmagan. Vabo — bu to`g`ridan-to`g`ri odamdan odamga suv orqali yuqadigan kasallik. Ammo bu yil dunyodagi vaziyat keskinlashganiga qaramay, ichimlik suvi sifati va ochiq havzalar nazoratdan o`tkazilmoqda. Ochiq suv havzalari muntazam turli qo`zg`atuvchilar, jumladan, vabo tayoqchalariga ham tekshirilmoqda. Bugungi kunda Qozog`istonva vaboning tarqalish xavfi yo`q», — deydi Kojapova.
Uning so`zlariga ko`ra, qator davlatlarda vabo holatlari qayd etilmoqda, Qozog`iston chegarasida nazoratlar o`tkazilyapti.
«Mamlakatga kelgan fuqarolar ko`zdan kechirilyapti. Agarda vaboning dastlabki alomatlari aniqlansa, ular izolyasiyaga olinadi», — deydi mutaxassis.