Hayot
O‘zbekistonda havo yana soviydi
24 fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25−26 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet xizmati direktori Sherzod Habibullayev o‘zining Facebook sahifasida.
24 fevralda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 25 fevralda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.
24−25 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 25−26 fevralda harorat kechalari −0…−5 darajagacha, respublika shimolida −5…−10 darajagacha, kunduz kunlari 0…+5 darajagacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.