Dunyo

Er yuzasi oxirgi 50 yilda o’zgargan

1972 yil dekabrda "Apollon-17" kosmik kemasi 1.5 million km uzoqdan Er tasvirini olgan.

Oradan yarim asr o’tib, 2022 yil aynan dekabrda Deep Space iqlim observatoriyasi o’tmish Apollon-17 pozitsiyasiga yaqin nuqtadan sayyorani tasvirga tushirdi.

Erda 50 yil ichida sezilarli o’zgarishlarga ko’zimiz tushishi mumkin. Masalan, Antarktida muzlik maydonining biroz kichraygani, yashil Madagaskar orolining sarg’ish-jigarrang tusga aylangani, Sahroyi-Kabir cho’li janubida yashil maydonning ekvator tomon chekingani hamda eron tog’liklarida qor yoki muzliklarning kamayganini ikki tasvirdan farqlay olish mumkin.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button