Dunyo

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 35 mingdan oshdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, 6-fevral kuni sodir bo’lgan zilzilalarda qurbonlar soni 35 ming 418 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Zilzilalar uchun «Dunyodagi barcha mutaxassislarning kelishuvi bilan ularning kattaligi va halokatliligi favqulodda tabiiy hodisa sifatida qabul qilinadi». Erdo’g’an, qurbonlar soni 35 ming 418 nafarga ko’payganini, 105 ming 505 kishining esa  jarohatlanganini bildirdi.

Yaralanganlarning 13 ming 208 nafari davolanayotganini qayd etgan Prezident, vayron bo‘lgan 19 mingdan ortiq binoning 15 mingtasiga aralashuv ishlari yakunlanganini ma’lum qildi.

Prezident Erdo’g’an, zilzila hududidagi ishlarda 250 mingga yaqin davlat xodimi ishtirok etganini ta’kidladi.

“Biz vayron boʻlgan binolardan soʻnggi fuqaromizni olib chiqmagunimizcha ishimizni davom ettiramiz”, dedi u.

Source
TRT

TuraNews

Back to top button