AsosiyTurizm

“Samarkand Tourism Forumi” ish boshladi

Ikki kunlik forum davomida turli mamlakatlardan kelgan 40 nafar sayyohlik sanoati insayderlari oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashadilar.

Samarqandda bugun  “Samarkand Tourism Forumi” oʻz ishini boshladi. Forumni Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov ochib berdi.

– Hurmatli forum ishtirokchilari, eʼtiboringizni boʻlajak xalqaro tadbirlarga qaratmoqchiman, – dedi Ulugʻbek Aʼzamov oʻz nutqida. – Joriy yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan UNWTOning Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi hamda 2024-yilda “Xiva – Islom turizmi poytaxti” doirasida Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo 57 davlat turizm vazirlari va turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etiladi.

Taʼkidlash kerakki, “Samarkand Tourism Forumi”ning birinchi kuniga yalpi majlis, davra suhbati, master-klasslar va madaniy tadbir rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, ikki kunlik forum davomida turli mamlakatlardan kelgan 40 nafar sayyohlik sanoati insayderlari oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashadilar. Bu xalqaro platforma turoperatorlar va gidlar, restoratorlar, mehmonxona egalari, turizm bilan bogʻliq korxonalar hamda davlat sektori vakillarini birlashtirdi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button