Asosiy
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysiga jo‘nab ketdi
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uchib ketdi. Undan so‘ng Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyuradi. Tashrif davomida davlat rahbari hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.
1 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda uning matbuot xizmati.
Tashrif davomida davlat rahbari hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, sanoat korxonalari va yangi uy-joylarni ko‘zdan kechiradi. Yoshlarga kasb o‘rgatish va aholi bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishish ham rejada bor.
Undan so‘ng prezident Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham bo‘ladi.